Azizlar, o‘zbek palovi madaniyati va an’analari YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Biz ushbu yangilikdan nihoyatda xursandmiz. Buning ahamiyati nimada va bu nimani anglatadi, deb so‘rashingiz mumkin.
Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxati millatlar, jamoalar, guruhlar va shaxslar tomonidan tan olingan an’analar, urf-odatlar, bilimlar va ularga tegishli vositalar, asarlar va madaniy makonlarni asrashga yo‘naltirilgan. Mazkur ro‘yxat ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan juda muhim hujjatdir.
Bizning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonamiz o‘z faoliyati mobaynida, ya’ni 2008 yildan to 2016 yilgacha bo‘lgan davr ichida, YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga shuningdek Navro‘z bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya san’ati, Boysun madaniy muhiti kiritildi.
Ro‘yxatga kiritish jarayoni ikki yil va undan ortiq vaqtni talab etadi.
Hozirda bizning vakolatxonamiz yangi loyihalar ustidan ish olib bormoqda va an’anaviy taomimiz bo‘lmish palov bilan bog‘liq urf-odatlar YuNESKOning ro‘yxatidan joy olgani to‘g‘risidagi xabardan biz juda mamnunmiz.
Lola Karimova Tillaevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?