Xonanda Lola “PressClub: Elections-2016.uz” press-klubiga tashrif buyurdi va bugungi saylov kunidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Lola, xonanda:
—Biz bugun erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg‘ondik. Biz bu kunni juda uzoq kutdik va bu kunga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa, farzandlarim har kuni “Biz qachon borib, o‘z tanlovimizni amalga oshiramiz”, deb kun sanadi. Bugungi saylovda bizning ovozimiz katta ahamiyatga egaligini his etishning o‘zi yoqimli. Biz bugun munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan inson uchun ovoz berdik. U qisqa fursat ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Men bu insonga ovoz berar ekanman, Vatanimning, oilam va farzandlarimning kelajagiga ishonaman.
Hali saylovda ishtirok etishga ulgurmaganlarga esa, o‘z oilangiz bilan tegishli saylov uchastkasiga boring va kelajak uchun ovoz bering, deyman. Buning uchun saylov uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilgan. Yosh onalar uchun ona va bola xonalari tashkil etilgan. Ko‘zi ojizlar uchun ilk marta maxsus byulletenlar joriy qilingan.
Yurtimizda o‘tkazilayotgan saylov, avvalgilaridan o‘zining ochiq-oshkoralik ruhida o‘tayotgani bilan farq qiladi. Prezidentlikka ko‘rsatilgan barcha nomzodlarning saylovoldi kampaniyalari yuqori darajada tashkil etildi. Biz oddiy fuqaro sifatida Prezidentlikka nomzodlar haqida to‘liq ma’lumot oldik va Yurtimizni kimning qo‘liga topshirayotganimiz haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldik” “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi