Gidrometeorologiya markazi ma’lum qilinishicha, 6 dekabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-9, kunduzi 15-17 darajaga etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 — +3, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliqga etadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, havo harorati kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, tuman tushadi. Harorat kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi