Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi

  • 05 dekabr 2016, 22:04
  • 5 504
  • O‘zbekiston
  • Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida 2016 yil 5 dekabr kuni telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Diydoraziz nashri.

    Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabrikladi.

    Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarning amaliy ro‘yobga chiqarishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidladilar.

    O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qarorlarga kelish maqsadida davlat va jamoat tuzilmalari, xo‘jalik sub’ektlarining ikki tomonlama muloqotlarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi