11:55 / 07.12.2016
7 141

Yurtimizda intellektual mulk egalarining huquqi yanada mustahkamlandi

Yurtimizda intellektual mulk egalarining huquqi yanada mustahkamlandi

6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozdi "Kun.uz" nashri.

Amaliy muloqot chog‘ida parlament quyi palatasining deputatlari “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ham muhokama qildilar.

Ta’kidlandiki, ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi intellektual mulk egalarining huquqlarini ularning mahsulot belgilaridan insofsiz raqobatchilar tomonidan foydalanilishidan himoya qilish darajasini sifat jihatdan oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga ro‘yxatga olingan tovar belgilari to‘g‘risidagi axborotlardan jadal foydalanish, sud qarorlarini qabul qilish chog‘ida tovar belgisini insofsizlik bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishidan tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishda yakuniy qarorning yanada aniq va bir xilda ifodalanishini ta’minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tovar bozorlarida insofsiz raqobat holatlariga qarshi yanada samaraliroq kurashish va bunday holatlarning oqibatlarini bartaraf etish juda muhimdir. Normalar intellektual mulkni himoya qilish huquqining xalqaro amaliyotiga muvofiqlashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yurtimizda intellektual mulk egalarining huquqi yanada mustahkamlandi