15:25 / 07.12.2016
20 397

Shavkat Mirziyoyevning otasi Miromon Mirziyoyevni Zominda hamon…

Shavkat Mirziyoyevning otasi Miromon Mirziyoyevni Zominda hamon…

Asli Zominlik Miromon Mirziyoyevni odamlar hamon yaxshi gaplar yodga olishadi. U Samarqand davlat tibbiyot Universitetini bitirgach butun umrini bemorlar va ehtiyojmandlarning hojatini chiqarishga bag‘ishladi.

Qahramonimiz Samarqanddagi oliygohni bitirgach domlalarining qistovi bilan shaharda qolishi, osonroq karera qilishi mumkin edi. Biroq, u o‘z qishlog‘iga tug‘ilib o‘sgan eriga qaytishni afzal biladi.

Miromon Mirziyoyev Zomindagi silni davolash dispanseri asoschisi hisoblanadi. Hamda u qishloqdagi birinchi oliy toifali shifokor bo‘lgan.

Xozir bu haqida hikoya qilish oson va oddiydek tuyuladi ammo o‘sha vaqtlar urushdan keyingi ahvol juda og‘ir achinarli edi. Odamlar oila boqaman, non topaman deb, tunu-kun tinim bilmasdilar. Sovet davrida odamlarning salomatligi yuqoridagilarni qiziqtirmasdi, ular odamlardan daladagi ishlarni topshirishni talab qilishardi halos. Turmushning o‘ta og‘irligi tufayli qishloqda turli hil kasalliklar tarqalaverardi. Bu kasalliklar orasida eng og‘iri sil bo‘lib, uni davolash uchun qishloqda oliy himmatli shifokor kerak edi. Bu inson Miromon Mirziyoyev bo‘lib chiqdi.

Urushdan keyingi yillardagi og‘ir damlarni ko‘pchilik yaxshi biladi. O‘sha vaqtlarda sil Zominda qattiq avj olgan. Qiyin damlarda Miromon aka Zominga rentgen apparatini olib kelishni uddalagan. Zomin bo‘ylab 7 dan 70 yoshgacha bo‘lgan aholini tekshiruvdan o‘tkazib 1700 nafar sil bilan kasallanganlarni aniqlagan. So‘ng ularni o‘zi respublika dispanser markazlariga borib da’volanishida bosh-qosh bo‘lgan edi. Uning bu harakatlari oqibatida qanchadan-qancha umrlar saqlanib qolgan.

Miromon Mirziyoyev xalq dardi bilan yashagan inson bo‘lgan, uning bu hislati farzandlariga o‘tganiga ham shubha qilmaymiz. Shavkat Mirziyoyev ham otasi kabi xalq dardi, g‘ami bilan qayg‘urub, yonnib-kuyib yashaydigan rahbar ekanliklariga ishonamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning otasi Miromon Mirziyoyevni Zominda hamon…