13 dekabr kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda uz24.uz xabar beradi.
Senatorlar 1992 yil 8 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etdilar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida katta ishlar amalga oshirilgan.
8 yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi