11:36 / 14.12.2016
7 939

Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi

Bugun, 14 dekabr kuni Toshkentda Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi vaqtida prezidentning inaugurasiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Shavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi. Shundan so‘ng uni qasamyod qabul qilish uchun minbarga taklif qildi.

Prezident Konstitusiya va Qur’onga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

Shavkat Mirziyoyev qasamyoddan so‘ng ma’ruza so‘zladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi