O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, u Bosh vazir o‘rinbosari maqomini ham saqlab qoladi. Ya’ni Markaziy bank raisi lavozimi Bosh vazir o‘rinbosarligiga tenglashtirildi, deb yozadi tafsilot.uz nashri.
Muxbirlarimiz mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi moliy vazirligiga qo‘ng‘iroq qildi. Vazirning matbuot kotibi Ilhom Yuldashev (239-88-93) bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmadi. Vazir qabulxonasiga (233-70-73) qo‘ng‘iroq qilganimizda, Rustam Azimov ayni paytda xizmat safarida ekani ma’lum qilindi. Vazir yordamchisi rahbarining boshqa ishga o‘tkazilgani haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi hamda bu xabarga oydinlik kiritish uchun peshindan keyin yana bir marta qo‘ng‘iroq qilib ko‘rishimizni so‘radi.
“Tafsilot.uz” O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining qabulxonasiga (233-68-29) qo‘ng‘iroq qildi. Rais yordamchisi bu xabarni izohlashdan bosh tortdi hamda Markaziy bankning matbuot xizmati bilan bog‘lanishimizni tavsiya qildi. Matbuot xizmati (212-60-52) bilan bog‘langanimizda, qo‘ng‘irog‘imizga javob bergan shaxs bu haqda ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi