22:11 / 16.12.2016
12 267

Buxoro viloyati hokimi o‘zgardi

Buxoro viloyati hokimi o‘zgardi

16 dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Muhiddin Turdievich Esonov viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgan. U boshqa ishga o‘tgan.

«Kun» nashri yozishicha, uning o‘rniga O‘ktam Barnoyev viloyatning yangi hokimi etib tayinlangan.

Muhiddin Esonov 2011 yilning dekabrida viloyat rahbari etib tayinlangandi.

Asli buxorolik bo‘lgan O‘ktam Barnoyev Isoyevich 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyati yuritgan. Undan oldin, 2008 yilgacha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoro viloyati hokimi o‘zgardi