Shu kunlarda mamlakatimizda havo tez-tez o‘zgarib turibdi. Qish fasli kirib kelmasidan qor bilan siylagan tabiat dekabr oyi boshida yana iliq ob-havo olib keldi. Bugun O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘di.
Ma’lumotlarga qaraganda, ertaga, 17 dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir, qor yog‘adi. 18 dekabr kuni ham qor yog‘ishi kutilmoqda. Dam olish kunlari harorat kunduzi 4 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi esa 2 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17-18 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5 darajagacha sovuq, kechasi esa 10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati esa 5 daraja iliq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kunduzi: 0 +5, kechasi: -3+2.
Qashqadaryo viloyatida 17 dekabr kuni qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Harorat kunduzi: +4+9, kechasi: 0+5. 18 dekabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi: -3+2, kechasi: +3+8.
Surxondaryo viloyatida 17-18 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi: +5+10, kechasi: +2+7.
Farg‘ona vodiysida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. 17 dekabr kuni havo harorati kunduzi: +3+8, kechasi: 0+5. 18 dekabr kuni havo harorati kunduzi: 0+5, kechasi: 0-5. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi