16:31 / 20.12.2016
6 911

O‘zLiDeP va deputatlik birlashmalari oldidagi vazifalar muhokama qilindi

O‘zLiDeP va deputatlik birlashmalari oldidagi vazifalar muhokama qilindi

2016 yil 20 dekabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida belgilab berilgan davlat va jamiyat hayotidagi o‘ta muhim ustuvor yo‘nalishlarni xayotga tadbiq etishda O‘zLiDePning barcha bo‘g‘inlardagi tuzilmalari va deputatlik birlashmalari oldida turgan dolzarb vazifalarning bajarilishini ta’minlashga oid masalalar muhokama qilindi.

Xususan, nutqda qayd etilganidek, erkin va huquqiy demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasining eResBirinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettirish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashiga qaratilgan strategiyasi amalga oshiriladi.

Bunda albatta, siyosiy partiyalar va ularning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, ayniqsa, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi oldida o‘ta mas’uliyatli vazifalar turganligi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan alohida qayd etildi.

Binobarin, nutqda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish. Xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalari muhim hamda ustuvor qilib belgilandi. Ularni amalga oshirishda partiya hamda uning quyi palatadagi fraksiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish, amalga oshiriladigan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga asosiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Davlatimiz rahbari nutqini har tomonlama o‘rganish jarayonida O‘zLiDeP tomonidan aholi va elektorat o‘rtasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Bu odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarga, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozisiyasini tobora mustahkamlash va yuksaltirishga munosib hissa bo‘ladi.

Tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbarining ochiq va samimiy muloqot qilish orqali odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirishda, juda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgan shunday muhitni yaratishda O‘zLiDeP vakillari, faollari va ayniqsa deputatlik korpusining mas’uliyatini yanada oshirish va shu orqali odamlarning bugungi turmushidan va hayotidan roziligiga erishish, ularning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasidagi fikrlaridan kelib chiqadigan muhim vazifalarni belgilab oldilar.

Xususan, davlatimiz rahbarining parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etish bo‘yicha taklifini hayotga tatbiq etishda nafaqat O‘zLiDePning Qonunchilik palatasida fraksiyasi a’zolari, balki xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiyaning deputatlik guruhlari va barcha bo‘g‘indagi partiya tashkilotlari tomonidan juda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi va qisqa muddatda ta’sirchan harakat dasturining qabul qilinishi lozimligi belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida O‘zLiDePning barcha tuzilmalari davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan vazifalar ijrosida faol ishtirok etishi lozimligi, shuningdek partiyaning bu borada kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni nazarda tutuvchi qisqa muddatda qabul qilinadigan harakat dasturining loyihasi yuzasidan aniq takliflar bildirdilar. Muhokama etilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
O‘zLiDeP matbuot xizmati

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zLiDeP va deputatlik birlashmalari oldidagi vazifalar muhokama qilindi