O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi

  • 21 dekabr 2016, 13:53
  • 5 754
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi

    Seulda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov va Janubiy Koreya moliya vaziri Yu Il Xoning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

    «O‘zbekiston va Koreya energetika, xom-ashyo sohasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytiradi, shuningdek sanoat bo‘yicha sheriklikni mustahkamlaydi», - deya aytib o‘tdi Yu Il Xo.

    Bundan tashqari, tomonlar Janubiy Koreya kompaniyalarining Toshkentdagi loyihalarda ishtirokini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashganlar. Ular orasida aeroportning yangi terminali qurilishi ham bor. Seul bu loyihalarni davlat jamg‘armalaridan qo‘llab-quvvatlaydi, deb ta’kidlab o‘tgan koreyalik vazir.

    Koreya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi