18:25 / 21.12.2016
6 779

Koreyaliklar O‘zbekiston pochtasini zamonaviylashtiradi

Koreyaliklar O‘zbekiston pochtasini zamonaviylashtiradi

Koreya pochtasi "O‘zbekiston pochtasi" AJni zamonaviylashtirish loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.

O‘zbekiston pochtasi va Koreya pochtasi rahbariyati ilq bor 2016 yilning aprel oyida Seulda uchrashib hamkorlikning usuvor yo‘nalishlari haqida kelishib olishgan edi.

Avgust oyida koreyalik mutaxassislar O‘zbekiston pochtasiga tashrif buyurib, ishchi o‘rinlari avtomatlashtirish darajasini o‘rganishgan va ushbu sohaning samaradorligini oshirish va sohaga axborot texnologiyalarini joriy qilish haqida so‘zlab berishgan edi.

Dekabr oyida Koreya pochtasi prezidenti Kim Ki Deok boshchiligidagi delegasiyasi "O‘zbekiston pochtasi" AJ rahbari Shuhrat Atamuxamedov bilan uchrashib O‘zbekistondagi pochta bo‘limlarini zamonaviylashtirish masalasini muhokama qilishgan edi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, tomonlar taqdim etilgan loyihani O‘zbekiston pochtasining rivojlanish "Yo‘l xaritasi" sifatida qabul qilib uni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olishgan edi.

Loyiha pochta operasiyalarining sifatini sezilarli darajada oshirib, pochta logistika tizimining sifatini yaxshilashni, axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda kiritishni va yangi pochta xizmatlari tashkil qilishni ko‘zda tutgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Koreyaliklar O‘zbekiston pochtasini zamonaviylashtiradi