15:58 / 23.12.2016
8 764

O‘zbekistonda dam olish kunlari -17 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari -17 darajagacha sovuq bo‘ladi

Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, ertaga, 24-25 dekabr kunlari respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.

Toshkent shahrida havo harorati kechasi 8-6 daraja sovuq, kunduzi 1-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 17-12 daraja sovuq, kunduzi 5 daraja sovuq va 5 daraja iliqni tashkil etadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 12-7 daraja sovuq, kunduzi -5 dan +5 darajagacha o‘zgaradi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 8-3 daraja sovuq, kunduzi -3 dan +5 darajaga etadi.

Qashqadaryo viloyatida havo harorati kechasi 8-3 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqga etadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 5-0 va kunduzi -3 dan +2 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda 26 dekabrgacha qor ko‘chishi xavfi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari -17 darajagacha sovuq bo‘ladi