9 602
Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangilangan rasmiy veb sayti (www.ombudsman.uz) va uning virtual qabulxonasi, shuningdek, «Ishonch telefoni»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Internet-sayt zamonaviy rivojlangan axborot-kommunikasiya sohasidagi barcha tendensiyalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, u o‘zida Ombudsmanning virtual qabulxonasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda inson huquq va erkinlarini amalga oshirishga oid savollarga javoblarni qamrab oladi. Virtual qabulxona orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin.
Sayt orqali Ombudsmanning fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam ravishda axborot berib boriladi.
Saytda Ombudsman Kotibiyati va Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining manzillari va telefon raqamlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy egallagan. Sayt materiallaridan o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Yangilangan internet-sayt EXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori yordamida tayyorlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Ombudsmanning murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha «Ishonch telefoni» ochilgani e’lon qilindi. Ariza, shikoyat va takliflar (0371) 200-10-96 va qisqa 1096 (respublika miqyosida bepul) telefon raqamlari orqali berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi