22:28 / 26.12.2016
9 963

«Toshkent quvonchlari» VI Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi yakunlandi

«Toshkent quvonchlari» VI Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi yakunlandi

23 dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazma zalida «Toshkent quvonchlari» VI Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi ishining yakunlanishiga bag‘ishlangan tantanali yopilish marosimi va g‘oliblarni mukofotlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kultura.uz»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Qariyb 30 mamlakat bolalari biennaleda o‘z ijodi namunalarini namoyish etdi. Ekspozisiyaga 3 mingga yaqin rasmlar kirdi. Besh kun davom etgan tanlov yakunlarini tajribali hakamlar hay’ati yasab berdi.

Hay’at raisi, Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Edgars Bodnars amalga oshirilgan ulkan ish uchun barchaga minnatdorlik bildirdi.

Biennalening bosh mukofoti — Gran-prini tailandlik 8 yoshli Chayanont Saksirivutto Happy Day surati uchun qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, «Mavzuning eng yaxshi aks ettirilganligi», «Professional mahorat uchun», «Ijodiy fantaziya uchun» nominasiyalari bo‘yicha ettitadan oltin, kumush va bronza medallari taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga esdalik medallari hamda «Toshkent quvonchlari» Xalqaro biennalesining sertifikatlari topshirildi. O‘zbekistonlik, latviyalik, litvalik, rossiyalik, ukrainalik, gresiyalik bolalar taqdirlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Toshkent quvonchlari» VI Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi yakunlandi