17:09 / 28.12.2016
6 382

O‘zbekiston eng qiziq sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston eng qiziq sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi

Jahon turistik sanoati etakchilari Financial Times nashriga 2017 yilda sayohatchilarga qiziqish tug‘diruvchi eng muhim yo‘nalishlar haqida ma’lumot tayyorlab berishdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda Nepaldan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.

“Mijozlarimiz noyob joylarga bo‘lgan uzoq safarlarga ko‘proq borishmoqda va Ipak yo‘li mamlakatlari hozirgi kunda eng qiziq yo‘nalish sifatida tan olindi”, - deya aytib o‘tdi Wild Frontiers turistik firmasi vakili Jonn Bilbi.

Uning ta’kidlashicha, bunday turlarga bo‘lgan talab Ipak yo‘li haqida so‘nggi paytlarda chiqarilgan kitoblar va teledasturlar bilan bog‘liq.

FT ro‘yxatidan Keniya, Finlyandiya, Andaman orollari, Buyuk Britaniya, Madagaskar, Kamboja va Yangi Zelandiya ham o‘rin olgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ipak yo‘li bo‘ylab uzoq muddatli sayohatlarni amalga oshira olmaydiganlar uchun qulay joydir. Mamlakat bu boradagi barcha jihatlarni o‘zida uyg‘unlashtirgan: Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi masjidlar, maqbaralar va minoralar.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, respublika rahbarining turistik sohani yanada jadallik bilan rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi farmoni sabab mamlakatga keluvchilar soni keskin ortadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017 yilning 1 aprelidan boshlab yangi tartib kuchga kiradi. Unga ko‘ra viza rejimi dunyoning 15 mamlakatiga nisbatan butunlay bekor qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatga vizasiz kirish imkoni dunyoning 12 davlatining 55 yoshdan oshgan fuqarolariga ham taqdim etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston eng qiziq sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi