11:33 / 29.12.2016
8 401

29 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi o‘tkaziladi

29 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq, 2016 yilning 29 dekabr kuni soat 11.00 da xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda:

  • Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2016 yil 9 oylik ijrosi va 2017 yilga mo‘ljallagan byudjeti parametrlari loyihasi to‘g‘risida;
  • Toshkent shahri bo‘yicha 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari to‘g‘risida;
  • Toshkent shahrini 2017—2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari prognoz dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
  • 2016 yil «Sog‘lom ona va bola yili» davlat dasturining ijrosi to‘g‘risida;
  • «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Chilonzor tumani hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
  • «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida;
  • Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida;
  • Toshkent shahridagi ba’zi geografik ob’ektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
  • Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va doimiy komissiyalarining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 29 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi o‘tkaziladi