O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi

  • 29 dekabr 2016, 15:00
  • 4 450
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi

    2017-2018 yillar mobaynida O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan bino va inshootlarda 4400 dan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Bu haqda Respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalar tuzilmasini qayta tashkil etish va moliyaviy sog‘lomlashtirish mo‘ljallangan 2017-2018 yillardagi chora-tadbirlar dasturida zarar keltirib ishlayotgan, faoliyat yuritmayotgan quvvatlarni qayta moliyalashtirish, shuningdek, bo‘sh yotgan va qurilishi tugallanmagan inshootlarda 4,4 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish ko‘zda tutilgan.

    2016 yili kamrentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi natijasida 99 sub’ektda er maydonini optimallashtirish, foydalanilmayotgan quvvatlarni konservasiyalash o‘tkazilgan. Bank qarzdorligi restrukturizasiya qilinib, ishlab chiqarishni modernizasiya va texnologik yangilash jarayonlari o‘tkazilgan.

    Buning natijasida 2015 yilda zarar ko‘rib ishlagan ushbu korxonalar 2016 yil yanvar-sentyabr oylarida 54 milliard so‘m foyda ko‘rdi. Matbuot anjumanida ma’lum qilinganidek, 2017 yilda mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish, og‘ir sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohalarida ishlar davom ettiriladi.

    2016 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida korxonalar tomonidan 28 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilgan, 2 trillion 740 milliard so‘mdan ortiq mablag‘dagi mahsulotlar ishlab chiqilgan, xizmat ko‘rsatilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi