19:32 / 03.01.2017
9 954

Hukumat jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani 8 foizga oshirdi

Hukumat jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani 8 foizga oshirdi

2017 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi oshirildi. Yangi stavka «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori asosida o‘rnatilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Qarorga ko‘ra, fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7,5 foizdan 8 foizga oshirilgan.

Bunda yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolingan.

Korxonalar, muassasa va tashkilotlarning majburiy sug‘urta badallari, fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari va korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan realizasiya qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan ajratiladigan majburiy to‘lovlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi asosiy daromadi hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, oxirgi marta 2016 yilning 1 yanvarida fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7 foizdan 7,5 foizga oshgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumat jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani 8 foizga oshirdi