1998 yilda yopib qo‘yilgan, Qozog‘istonning Jambil, Olmaota va Janubiy-Qozog‘iston viloyatlari hududi bo‘ylab o‘tib, O‘zbekistonning Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida davom etgan M-39 trassasi yana ochilishi rejalashtirilmoqda. Kun.uz sayti yozishicha, bu haqda Janubiy-Qozog‘iston viloyati rahbarining O‘zbekiston delegasiyasi vakillari bilan uchrashuvi vaqtida aytilgan.
O‘zbekiston TIVning alohida masalalar bo‘yicha elchisi Ilhom Ne’matov bilan muzokaralar yakunida ushbu yo‘lni shu yilning fevral oyida ochishga kelishib olingan.
"Hozirda bu yo‘l yopiqligi tufayli odamlar Samarqandga borishda 70 kilometr ko‘p masofa bosmoqda. Shuning uchun biz yo‘lda harakatni tiklashga qaror qildik, bu orqali aholiga va mamlakatimiz mehmonlariga qulaylik yaratiladi",- degan o‘z intervyusida Ilhom Ne’matov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida Janubiy-Qozog‘iston hokimi Jonsaid Tuymeboyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirishga kelishib olingandi. Bu kelishuv doirasida ikki mamlakat chegarasida savdo hududi tashkil qilish ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi