Mehnat vazirligi milliy ish qidirish tizimini ishga tushirdi. Bundan buyon paydo bo‘lgan yangi ish joylari va ish qidirayotgan fuqarolar tarjimai hollari ish.mehnat.uz saytida joylashtirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.
“Bundan buyon yuridik shaxslar kabinetlarida mavjud bo‘lgan vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni yuborishlari mumkin. Mehnat vazirligi xodimi olingan ma’lumotlar asosida vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni Milliy vakansiyalar bankiga joylashtiradi. Keyin ularni vakansiyalar portalga kirgan har bir kishi ko‘rishi mumkin”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Yangi tartib mehnat daftarchalari olish tizimini ham to‘liq avtomatlashtiradi. Mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu tizimga 85 vazirlik va muassasalar ulangan. Keyinchalik Milliy vakansiyalar bankiga 200 mingga yaqin tashkilot ulanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring