O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun Samarqand shahrining mashhur "Registon" maydoni yaqinida haykal o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi.
Dekabr oyi boshida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish uchun xalqaro ijodiy tanlov tashkillashtirish haqidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan mazkur tanlovni o‘tkazishga doir taqdim etilgan Nizomga ko‘ra, poytaxt Toshkent shahrida, shu bilan birga Birinchi Prezidentimiz tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida Islom Karimov haykali qad ko‘taradi. Taqdim etilgan chizmaga ko‘ra, haykal "Registon" maydoni yaqinida o‘rnatiladi.
Toshkentda o‘rnatiladigan haykalning aynan qayerda qad rostlashi hozircha noma’lum.
Bundan avval Moskva shahrining markaziy ko‘chalaridan birida, O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Birinchi Prezidentimiz xotirasiga haykal qad rostlashi haqida xabar berilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi