O‘zbekiston haj delegasiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

  • 19 yanvar 2017, 11:19
  • 4 047
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston haj delegasiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Respublikasi Haj delegasiyasi bugun 18 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Ushbu safar 7 kun davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan, «Haj–2017» mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov – delegasiya rahbari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi delegasiya bugun Jidda shahriga etib boradi.

    Shuningdek, ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi Jaloliddin Nuriddinov va Toshkent islom universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hamidbek Hasanov hamrohlik qilishmoqda.

    Safar davomida O‘zbekiston Haj delegasiyasi va Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida «Haj–2017» mavsumining tashkiliy ishlari o‘zaro ko‘rib chiqiladi. Shu maqsadda Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Jidda shaharlarida joriy yil haj mavsumida o‘zbekistonlik hojilarga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan kelishib olinadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston haj delegasiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi