17:46 / 21.01.2017
7 690

O‘zbekiston valyutaning erkin konvertasiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston valyutaning erkin konvertasiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan valyuta, qimmatbaho metall va toshlar bozorini liberallashtirish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

Shu tariqa, 2017 yilda milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish amalga oshirila boshlaydi. Bu uning erkin konvertasiyaga o‘tishini ta’minlaydi. Choralar kompleksi shuningdek, xorijiy valyutalarning birjalarda erkin aylanishini ham ta’minlaydi. Bu haqda norma.uz xabar bermoqda.

Davlatning alohida rejalarida – eksportchilar tomonidan valyuta tushumlarini majburiy sotilishini bekor qilish ham bor. Bu xomashyo eksportchilardan (paxta tolasi, tabiiy gaz, metallar va hk.) tashqari barcha tashkilotlarni qamrab oladi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada ish va xizmatlarga narx qo‘yish amaliyoti bosqichma-bosqich tugatiladi.

Bundan tashqari, qimmatbaho metall va toshlar importini lisenziyalashni bekor qilish ham rejalashtirilmoqda. Bu mahalliy tilladan tayyorlangan zargarlik buyumlari eksportiga belgilab qo‘yilgan norma (95 foiz)ni kamaytirib, bu sohadagi eksport jarayonlari hamda ichki aylanmani ancha yengillashtiradi.

Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston valyutaning erkin konvertasiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda