10:57 / 22.01.2017
7 592

O‘zbekistondagi qurilish tashkilotlari tashqi bozorga chiqariladi

O‘zbekistondagi qurilish tashkilotlari tashqi bozorga chiqariladi

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasi joylandi. U kapital qurilishdagi ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Prezidentning «Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Hujjatga muvofiq, loyihalash va qurilish tashkilotlariga ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etish uchun soliq va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, mahalliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorga chiqarish, loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilikka o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish orqali qurilish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarida ishchilarning eng ko‘p soni 50 kishidan 200 kishigacha ko‘paytiriladi.

Nashr eslatishicha, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi, qo‘shimcha qo‘shilishi yoki u rad etilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi qurilish tashkilotlari tashqi bozorga chiqariladi