13:36 / 23.04.2015
8 463

Sebzor ko‘chasida qurilayotgan ko‘prik belgilangan muddatidan uch oy oldin bitkaziladi

Sebzor ko‘chasida qurilayotgan ko‘prik belgilangan muddatidan uch oy oldin bitkaziladi

Shayhontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichlar muddatidan uch oy avval bitkaziladi. Bu haqda 12news yangiliklar agentligi xabar tarqatdi, deb yozadi Kun.uz.

Manbaning, mazkur bunyodkorlik ishlari bo‘yicha pudratchilarga tayanib xabar berishicha, qurilish ishlari oldin e’lon qilingan muddatidan ancha oldin bitmoqda. Sobiq «Ganga» hududidan boshlanuvchi Sebzor ko‘chasi ustiga qurilayotgan ko‘prik 9 may «Xotira va qadrlash» bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Mazkur loyihaning e’tiborga molik xususiyati bu, Toshkent shahrida ilk marta piyodalar uchun yopiq erusti yo‘linini tashkil qilinayotganidir.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish joiz, mazkur loyiha bo‘yicha qurilish ishlari o‘tgan yilning sentyabr oyida boshlangandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sebzor ko‘chasida qurilayotgan ko‘prik belgilangan muddatidan uch oy oldin bitkaziladi