12:16 / 23.01.2017
7 040

O‘zbekistonda er silkinishi qayd etildi

O‘zbekistonda er silkinishi qayd etildi

23 yanvar Farg‘ona vodiysining bir necha shaharlarida tongi taxminan 6:40da er silkinishi qayd etilgan. Uning markazi Qirg‘iziston janubida bo‘lgan. Bu haqda "Podrobno.uz"ga tayanib "Kun.uz" yozmoqda.

“Toshkent” seysmostansiyasidan xabar berishlaricha, O‘zbekistonda er osti silkinish kuchi o‘rtacha 3-4 ballni tashkil qilgan: Farg‘onada - 4 ball, Namangan hamda Andijonda - 3 ball. Zilzila o‘chog‘ida uning magnitudasi 4,5 ballni tashkil qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ro‘yxatga olinmagan, jabrlanganlar yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda er silkinishi qayd etildi