12:34 / 23.01.2017
5 558

O‘zbekistonda haj ziyoratini tashkil etuvchi ishchi guruhi faoliyatiga yuqori baho berildi

O‘zbekistonda haj ziyoratini tashkil etuvchi ishchi guruhi faoliyatiga yuqori baho berildi

O‘zbekiston haj delegasiyasi 20 yanvar kuni Makka shahrida Haj vazirligining Sharqiy Evropa va Turkiya hojilariga xizmat ko‘rsatuvchi muassasada uchrashuv o‘tkazdi. Muassasa rahbari Toriq al-Inqaviy va muassasa mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan muzokara chog‘ida, 2017 yilgi haj mavsumini namunali tarzda o‘tkazish bo‘yicha qator masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning haj manosiklarini namunali bajarishi, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylaridagi tashkiliy masalalar muhokama etildi. Muassasa rahbari Toriq al-Inqaviy, o‘tgan haj mavsumlarida O‘zbekiston ishchi guruhining haj tadbirlarini muntazam tartibli va namunali tarzda tashkil etib kelayotganini ta’kidlab, ishchi guruh faoliyatiga yuqori baho berdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning 7200 kishilik yangi haj kvotasi doirasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Shu kuni delegasiya, hojilarimizga xizmat qilib kelayotgan oshxona majmuasining bugungi holati bilan tanishdi. Oshxona majmuasi, turli taomlar tayyorlanadigan maxsus xonalar, taom tayyorlash yangi uskunalar bilan jihozlangani hamda go‘sht va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun olingan yangi muzlatgichlar va oshpazlar xordiq chiqarishi uchun yaratilgan yangi sharoitlar bilan tanishdi. Delegasiya rahbari oshxona mas’ullariga kelayotgan haj mavsumida hojilarimizga beriladigan taomlarning sifatini yanada yaxshilash va o‘z vaqtida etkazish, tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati ma’lumotlari asosida Bahodir Muhammadiev Abu Muhammad tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda haj ziyoratini tashkil etuvchi ishchi guruhi faoliyatiga yuqori baho berildi