Respublikada faoliyat yuritayotgan banklardan birining Samarqand viloyati Payariq tumanidagi boshqaruvchisi bir qator jinoyatlarda ayblanib mahkamaga tortildi.
“Huquq” nashrining bildirishicha, ismi oshkor etilmagan bank mansabdori o‘nlab fuqarolar tomonidan omonat sifatida bankka topshirilgan 152 million so‘m mablag‘ni hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
“Katta miqdordagi tekin pullar jig‘ildoniga moydek yoqayotgan boshqaruvchi” kredit to‘lovi sifatida topshirilgan millionlab mablag‘ni ham talon-taroj qilgan. Bundan tashqari, mansabdor bank xazinasida saqlanayotgan 362 million so‘m va 63,5 ming AQSh dollarini qoplarga joylab olib chiqib ketgan. Bank boshqaruvchisi amalga oshirgan jinoyatlarni uzoq davom ettirish mumkin”, deb yozadi gazeta.
Mazkur bank boshqaruvchisi sud tomonidan 7 yil muddatga ozodlikdan hamda 3 yil rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi