16:12 / 24.01.2017
6 037

O‘zbekistondan 12,5 kilogramm oltinni yashirincha olib chiqib ketishning oldi olindi

O‘zbekistondan 12,5 kilogramm oltinni yashirincha olib chiqib ketishning oldi olindi

Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari O‘zbekistondan katta miqdorda oltin va boshqa zargarlik buyumlari olib chiqib ketishning oldini oldi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyatining "Zarkent" chegara nazorat punktida "Damas" avtomobili tekshirish uchun to‘xtatilgan. Namangan viloyati MXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuv natijasida avtomobil o‘rindig‘i ostidan va magnitola o‘rnatish joyidan 8 ta paket topildi. Paketlarda quyma va taqinchoq ko‘rinishida bo‘lgan 12,5 kg oltin topilgan. Avtomobil haydovchisining aytishiga qaraganda, u bu buyumlarni Qirg‘iziston chegarasida boshqa kishiga topshirishi kerak bo‘lgan.

"Avtomobil haydovchisi uch bolaning otasi, 67 yoshli Muhammadjon Xo‘jamberdiev bo‘lgan. U "Namangan — Nanay" yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullangan. Ma’lum bo‘lishicha, u anchadan beri qimmatbaho buyumlar kontrabandasi bilan shug‘ulanayotgan ekan. U ushbu ish uchun buyurtmachilardan mo‘maygina mablag‘ olgan", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, Namangan viloyati MXX Tergov boshqarmasi ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondan 12,5 kilogramm oltinni yashirincha olib chiqib ketishning oldi olindi