18:31 / 24.01.2017
10 490

Qamchiq dovonida aslida nima ro‘y berdi?!

Qamchiq dovonida aslida nima ro‘y berdi?!

Kecha va bugun bir qator OAVda O‘zbekistondagi Qamchiq dovoni bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalishda davom etmoqda. Bunday gap-so‘zlarning ko‘payishiga Toshkent-Andijon temir yo‘l qatnovining bekor qilingani ham yanada turtki berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kecha esa Qamchiq dovonida qutqaruvchilar otryadlarining kechayu kunduz navbatchiligi tashkil etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz sayti bu masalaga oydinlik kiritishi maqsadida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan bog‘langan. Nashr bilan aloqaga chiqqan amaldorlar dovonda qandaydir noxush voqea yuz bergani haqidagi mish-mishlarni rad etishgan. Aslida nima sababdan temir yo‘l qatnovi bekor qilingani haqidagi berilgan savolga javob berilmagan.

Shu holatda tabiiy bir savol tug‘iladi. Nega tegishli mahkamalar u erda aslida nima bo‘layotgani yoki bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni yashirishmoqda? Balki turli vahimali mish-mishlar aynan shunday harakatlar sabab paydo bo‘layotgandir?

Xabarlarga ko‘ra, poezdlar qatnovi nafaqat kecha, balki bugun ham amalga oshirilmagan. Fuqarolar esa aslida nima bo‘layotganini tushuna olmay hayron.

Shu o‘rinda barcha tegishli tashkilotlar, mutasaddi idoralar vakillarini biroz ochiqroq bo‘lib, matbuot bilan kengroq muloqotga kirishishga chaqirib qolamiz.

Bu birinchi navbatda fuqarolar o‘rtasida turli ko‘ngilsiz mish-mishlar va vahima tarqalishining oldini olishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qamchiq dovonida aslida nima ro‘y berdi?!