12:54 / 25.01.2017
6 884

O‘zbekistonda Islom Karimovning tavallud sanasini nishonlashga keng tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekistonda Islom Karimovning tavallud sanasini nishonlashga keng tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun – 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilayotir. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Tadbirlarni bayramona ruhda tashkil etishda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi kabi turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, olimlar, yozuvchi va shoirlar faol ishtirok etmoqda.

Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyati, boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritildi.

Shunday tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Islom Karimovning tavallud sanasini nishonlashga keng tayyorgarlik ko‘rilmoqda