23:06 / 25.01.2017
7 096

Qo‘yliq bozorida soxta dollar sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Qo‘yliq bozorida soxta dollar sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

MXX xodimlari o‘tkazgan maxsus operasiya natijasida qo‘shni Qirg‘izistondan olib o‘tilgan soxta valyutani sotishga uringan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

"Operativ xodimlar bir guruh shaxslar Toshkentda soxta valyutani sotishni rejalashtirgani haqida ma’lumot olishdi. O‘tkazilgan operativ tadbir natijasida Qo‘yliq buyum bozorida 77 dona yuz dollarlik soxta pulni sotishga uringan namanganlik Mahkamjon Saypiddinov qo‘lga olindi", — deb ma’lum qildi MXX matbuot xizmati.

Surishtiruv jarayonida u mazkur soxta pullarni keyinchalik qo‘lga olingan, Namangan viloyatida yashovchi Sardor Ergashevdan olganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonga soxta valyuta olib kirilishi boshqa davlatlar hududida faoliyat ko‘rsatuvchi soxta pul tayyorlovchi guruh a’zolari tomonidan amalga oshirilgan.

Tergov organlari mazkur jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qo‘yliq bozorida soxta dollar sotayotgan shaxs qo‘lga olindi