22:56 / 27.01.2017
9 249

Hafta shov-shuvi: Qamchiq dovonida poezd ag‘darildi

Hafta shov-shuvi: Qamchiq dovonida poezd ag‘darildi

Hafta boshida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot-xizmati Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poezdi qatnovi vaqtincha to‘xtatilganini xabar qilgan edi. Shu bugunga kelib, mahalliy OAV va internetda tarqalayotgan fotosuratlar «tanaffus»ga temir yo‘l poezdi halokati sabab bo‘lganligini bildirmoqda.

23-yanvar kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar qilgan edi.

Kompaniya rasmiy saytida berilgan xabarda yo‘lovchi poezd qatnoviga doir turli-mish-mishlarga e’tibor qaratmaslik so‘ralgan edi. Ammo ushbu voqeaga nisbatan jamoatchilik qiziqishi tobora ortib bormoqda.

Bunga ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan fotosuratlar ham sabab bo‘lmoqda. Internet-saytlardagi fotosuratlarda Qamchiq dovonida poezd vagonlari ag‘darilib yotgani aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni RIA Novosti «Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi xavfi tufayli A-373 raqamli «Toshkent — O‘sh» trassasida qutqaruvchilar doimiy ravishda navbatchilik qilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Shu bugunga kelib, nashr, 23-yanvar kuni Qamchiq dovonida zilzila tufayli ko‘chki sodir bo‘lgani va oqibatda «O‘zbekiston temir yo‘llari» poezdi vagonlarining bir qismi ag‘darilgani haqida xabar qilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagani haqida ma’lum qildi, deb yozadi nashr.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan joyda tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu hodisa yuzasidan izoh olish uchun «O‘zbekiston Temir Yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati bilan bog‘landik. Matbuot-xizmati vakili poezd ag‘darilgani haqidagi gap-so‘zlar mish-mish ekanligini ma’lum qildi.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta shov-shuvi: Qamchiq dovonida poezd ag‘darildi