19:38 / 28.01.2017
6 724

Xivada har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatilishi mumkin

Xivada har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatilishi mumkin

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga uyushtirgan safari davomida "Xiva naslli parranda" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan parrandachilik markazi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar qiladi Sputnik agentligi.

Korxonada Italiya va Xitoy uskunalari asosida yiliga 51 million dona tuxum, 1 million 40 ming dona jo‘ja etishtirish mo‘ljallanmoqda.

"Bu har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatish, aholi farovonligini oshirish imkonini beradi. Korxonada 50 ish o‘rni yaratiladi", — deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida etti xazinaning biri sifatida tilga olinadigan parrandachilik va baliqchilik bo‘yicha ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi, bu tarmoqlar aholini go‘sht va tuxum bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan.

Agrofirmalar tashkil etish orqali bu mahsulotlarni eksport qilish ham mumkinligi qayd etilgan.

Mirziyoyev shuningdek Xiva tumani Chodra qishlog‘ida Xursand Madrimov va Ollabergan Rahimov xonadonlariga kirib, ularning turmush sharoiti, daromadlari bilan qiziqqan. Yashovchilar bilan suhbatda tomorqadan samarali foydalanish, limon, yong‘oq, anor, anjir kabi serdaromad ekinlar ekish zarurligi haqida so‘z borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xivada har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatilishi mumkin