17:10 / 01.02.2017
7 097

O‘zbekistonda minibaslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda minibaslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston hukumati taksi marshrutkalari uchun zamonaviy minibaslarni ishlab chiqarish loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

"Minibaslar ishlab chiqaruvchi zavod Samarqandda, xorijiy ishlab-chiqaruvchi hamkorligida ishga tushirilishi mumkin", deb xabar qilgan "O‘zavtosanoat" AJ. Bu haqda "Kun.uz" ma’lum qilmoqda.

Ayni damda O‘zbekiston tomoni ushbu yo‘nalishdagi qator xorijiy kompaniyalar imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

"Hozirgi vaqtda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Minibaslarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha 2018 yilga kelib ishga tushirilishi mumkin. Bu bizga shaharga yaqin va regional yo‘nalishlardagi taksi haydovchilarini sifatli texnika bilan ta’minlash imkonini beradi. Asosan 11 va 18 o‘rinli minibaslarni ishlab chiqarmoqchimiz, shuningdek, ularda tik turib ketuvchi yo‘lovchilar uchun ham joy ajratish belgilangan", — deya ta’kidlagan manba.

Samarqandda yaqin to‘rt yil ichida 300ga yaqin yangi taksi yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda minibaslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi