Yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida havo harorati keskin sovib ketadi

  • 01 fevral 2017, 18:33
  • 5 852
  • O‘zbekiston
  • Yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida havo harorati keskin sovib ketadi

    O‘zbekistonda fevral oyining ilk kunlari yog‘ingarchiliklar va noodatiy sovuqlar bilan boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.

    Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi.

    "2 fevraldan sinoptiklar yog‘ingarchilik bashorat qilishdi: yomg‘ir, 3-4 fevral kunlari qor. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi. Respublika bo‘yicha kunduzi havo harorati o‘rtacha 0 —5 daraja sovuqni tashkil qiladi, tunda 2-7˚S sovuq.

    5-6 fevral kuni havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lib o‘tadi, tunda esa yanada sovuqroq bo‘ladi: termometr ustuni 7-12 daraja sovuqni ko‘rsatadi. O‘zgidrometdan xabar berilishicha, bunday sovuq harorat mamlakatimizning aynan markaziy, sharqiy qismlari hamda poytaxtda kuzatiladi.

    Fevralning ilk kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, joylarda tuman tushadi", — deyilgan xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida havo harorati keskin sovib ketadi