Toshkentda 2 balli er silkinishi sezildi

  • 03 fevral 2017, 13:09
  • 4 663
  • O‘zbekiston
  • Toshkentda 2 balli er silkinishi sezildi

    Bugun, 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 09:37 da O‘zbekiston shaharlarida er silkinishlari sezildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

    Zilzila episentri Toshkentdan 170 kilometr janubi-sharqda, Tojikistonning Qayroqqum suv ombori hududida kuzatildi. Episentrda zilzila magnitudasi 4,9 ga teng bo‘ldi.

    Toshkent shahrida 2, Olmaliqda 2-3 balli er osti silkinishlari sezildi.

    Eslatib o‘tamiz, 2 fevral, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:35 da Samarqand va Jizzax viloyatlari oralig‘ida 4,2 magnitudali zilzila yuz bergandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda 2 balli er silkinishi sezildi