16:54 / 06.02.2017
8 727

20 ming dollar pora so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi

20 ming dollar pora so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi

O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xodimi Umid Ravshanbekovni yirik miqdorda pora olayotganida qo‘lga olishdi. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.

Umid Ravshanbekov hozirda Jinoyat kodeksining 210-moddasi ("Pora olish") bo‘yicha ishi tergovda bo‘lgan Xorazm viloyati Bog‘ot tumani er resurslari va davlat kadastri bo‘limining sobiq boshlig‘i Otabek To‘raevning qarindoshlaridan 20 ming dollar so‘ragan.

"Ravshanbekov bu pul evaziga o‘zining huquq-tartibot organlaridagi tanishlari orqali ayblanuvchini jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda yordam berishni va’da qilgan. Operativ xodimlar Ravshanbekovni Chilonzor tumanida 10 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotgan paytda qo‘lga olishdi", — dedi MXX vakili.

Surishtiruv davomida shuningdek, Ravshanbekov ilgari To‘raevni Xorazm viloyati Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlashda yordam berishini aytib undan 10 ming dollar olgani aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida Ravshanbekovning sheriklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati korrupsiya, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va tovlamachilikka qarshi kurash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatda ushbu salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Birgina keyingi yil davomida bu yo‘nalishda qator qat’iy qadamlar qo‘yildi —"Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi hamda Korrupsiyaga qarshi kurash Davlat dasturi imzolandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 20 ming dollar pora so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi