Andijonda binolar tadbirkorlarga bepul beriladi

  • 06 fevral 2017, 21:36
  • 4 581
  • O‘zbekiston
  • Andijonda binolar tadbirkorlarga bepul beriladi

    Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruhi bugungi kun talabiga javob bermayotgan korxonalarda mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad ularni rivojlantirish choralarini ko‘rish va mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tashabbuskor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdir, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

    Xabarda aytilishicha, bugungi kunda Andijon shahrida xususiylashtirilgan 60 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari samarali faoliyat yuritmayapti. Bu shahar iqtisodiyotining yuksalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga ishlab chiqarish sur’atining pasayishi va ularda ishlovchilar uchun ishsizlik muammosini yuzaga keltirmoqda.

    Viloyat hokimi Andijon shahridagi sobiq "Andijonmash" zavodi va "Elektroapparat" korxonalariga tashrifi chog‘ida ayrim korxona rahbarlarining sustkashligi sabab to‘la quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar xususida fikr bildirdi. Jumladan, yuqoridagi har ikki korxona o‘z davrida 3000 dan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgani, ularda tayyorlangan mahsulotlar ichki bozordan tashqari eksport qilinganini ta’kidlab, bugungi holatini tanqidiy baholadi.

    Sh.Abdurahmonov shu joyda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy dastgohlar olib kelish va yangi ish o‘rinlari yaratish istagidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ular uchun eng katta imkoniyat binolar nol qiymatda bepul beriladi.

    Xabarda shunday imkoniyatga ega bo‘lishni istaganlar Andijon shahar hokimligiga murojaat qilishlari so‘ralgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Andijonda binolar tadbirkorlarga bepul beriladi