23:25 / 06.02.2017
6 374

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi Toshkentga keldi

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi Toshkentga keldi

6 fevral kuni Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Nataliya Xanjenkova boshchiligidagi delegasiya Toshkentga keldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun ushbu delegasiya vakillarini qabul qildi, deb xabar beradi "Diydoraziz".

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va ETTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi, ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta’kidlandi.

Shuningdek, ETTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi Toshkentga keldi