15:34 / 08.02.2017
7 661

Shavkat Mirziyoyev: “Odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi”

Shavkat Mirziyoyev: “Odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to‘xtaldi, deb xabar berdi Kun nashri.

“O‘tgan yillarda aholini tibbiy xizmat bilan qamrab olish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Joylarda qishloq vrachlik punktlari bunyod etildi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Lekin odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi. Shu bois qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarda eng yaxshi mutaxassislar ishlashi kerak. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, respublika va viloyat shifoxonalaridagi malakali vrachlar jadval asosida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda qabullar o‘tkazishi lozim”, dedi Prezidentimiz. Shunda xalqimiz tibbiy xizmatdan rozi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: “Odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi”