10:13 / 10.02.2017
6 567

Shavkat Mirziyoyev: “Muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlash kerak”

Shavkat Mirziyoyev: “Muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlash kerak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun nashri.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi, muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlashga va ularning echimini topishga qaratish, yakuniy natija uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini qisqa muddatlarda hal qilish, ishda aniq tartib va qat’iy intizom o‘rnatish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlar ildizini quritish – ichki ishlar organlarining ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.

Mutasaddi rahbarlarga fuqarolarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratish, xizmatga munosabatni tubdan o‘zgartirish, jinoyat tafsilotlarini muhokama qilish mexanizmini shakllantirish, ichki ishlar organlarining xalq vakillari oldida hisobot berish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘in bo‘linmalari, milisiya tayanch punktlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, ichki ishlar bo‘limlari faoliyatini reyting orqali baholash tizimini joriy etish, yoshlar sodir etayotgan jinoyatlarni chuqur tahlil qilib, ularning sababi va kelib chiqishiga zamin yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, barcha ta’lim muassasalariga profilaktika inspektorlarini biriktirib, ular kundalik ish faoliyatini ta’lim muassasalaridan boshlashni amaliyotga tatbiq etish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari malakasini oshirish bo‘yicha tizim yaratish kerakligiga alohida e’tibor qaratdi. Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda maxsus kurslar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Majlisda ichki ishlar organlarining har bir xodimi bildirilgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarib, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, har bir oila, har bir inson, mahalla xavfsizligini ta’minlashdek murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifani bajarish uchun bor bilim va salohiyati, kuch-g‘ayratini safarbar etishi lozimligi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: “Muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlash kerak”