12:43 / 10.02.2017
8 222

Andijonda ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan YPX inspektori 10 yilga qamaldi

Andijonda ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan YPX inspektori 10 yilga qamaldi

Andijon viloyati Baliqchi tumanining jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Andijon viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjantni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Bunyodbek Qulmatov ismli inspektor o‘z xizmati vazifasini bajarayotgan chog‘da “Lasseti” rusumli avtomashinada yo‘l harakati talablariga javob bermay, tezlikni oshirgan hamda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib “Neksiya” rusumli mashina bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida “Neksiya” haydovchisi – Marg‘ilon shahridan bo‘lgan I.Mirzajonov va Namangan viloyatining Norin tumanilik Yo.Salimov vafot etgan.

Sud hukmi bilan Bunyodbek Qulmatov O‘zbekiston Respublikasi JKning 266 moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan YPX inspektori 10 yilga qamaldi