10:37 / 11.02.2017
6 425

Bugundan Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi yopiladi

Bugundan Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi yopiladi

Toshkent shahrida Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi 11−23 fevral kunlari hududda yo‘l o‘tkazgich qurilayotgani munosabati bilan transport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasiga tayanib Kun yozmoqda.

Haydovchilardan ko‘rsatilgan muddatda shaharning boshqa ko‘chalaridan foydalanish iltimos qilingan. Jamoat transporti marshrutlarining o‘zgarishi kutilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu erda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita er usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugundan Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi yopiladi