16:10 / 11.02.2017
5 998

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tezkor xabarnoma

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tezkor xabarnoma

Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishi munosabati bilan tezkor xabarnoma chiqardi, deb yozadi Kun nashri.

Unda noqulay ob-havo tufayli quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan:

- xonadonlarni isitishda pechlar va boshqa isitish uskunalarining sozligiga e’tibor qarating;

- mo‘rikonlarni tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilishini qat’iy nazoratga oling;

- gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmang;

- ko‘chaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyining;

- muzlama hosil bo‘lgan yo‘laklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini ko‘ring;

- yo‘llarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko‘ring;

- bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil bo‘ladigan joylardan ehtiyot bo‘ling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tezkor xabarnoma