17:33 / 11.02.2017
6 276

O‘zbekiston Ostonadagi «EKSPO-2017»da ishtirok etadi

O‘zbekiston Ostonadagi «EKSPO-2017»da ishtirok etadi

O‘zbekiston Qozog‘iston poytaxti Ostonada 10 iyundan 10 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan xalqaro «EKSPO-2017» ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Bu haqda «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya yozadi «Daryo» nashri.

13 fevral kuni Toshkentda O‘zbekistonning ko‘rgazmadagi ishtiroki to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

Ostona Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi Bosh assambleyasining 2012 yil noyabrdagi 152-sessiyasida «EKSPO-2017» o‘tkaziladigan joy sifatida tanlangan edi. Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi — «Kelajak energiyasi».

Unda 100 mamlakat va 10 dan ziyod xalqaro tashkilot ishtirok etishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Ostonadagi «EKSPO-2017»da ishtirok etadi