Joriy yilning oxirigacha poytaxtimizdagi avtobuslarga elektron to‘lov tizimi uskunalari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu to‘g‘rida «Toshshahartransxizmat» AJ raisi Otabek Sodiqov Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan, deb yozadi Terabayt sayti.
Avtomatlashgan to‘lov tizimidan foydalanish uchun yo‘lovchi smart-kartalarni oladi va unga o‘zining hisob raqamidan unga mablag‘ o‘tkazadi. Yo‘lovchi ushbu «aqlli karta» yordamida, ya’ni uni avtobusda o‘rnatilgan maxsus validatorga yaqin tutish orqali yo‘l haqini to‘laydilar. Bu uskuna har gal bir maratlik yo‘l haqini echib oladi.
— Mazkur usuldagi to‘lov tizimi Prezidentimizning 2017 yil 10 yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shahar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Qarorda yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini oshirish va yo‘l haqini naqd pulsiz amalga oshirish vazifalari ham belgilangan.
Bunda maxsus moslama — validator avtobusning old eshigi yoniga o‘rnatiladi. Yo‘lovchi avtobusga chiqqanda kartani validatorga yaqinlashtiradi va uskuna avtomatik tarzda 3 soniya ichida undan kerakli summani echib oladi. Ushbu kartani maxsus do‘konchalardan sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar tizim kutilgandek natija bersa, haydovchidan kunlik tushum majburiyati olib tashlanadi.
Joriy yilda qilinadigan yangiliklardan yana biri — poytaxtdagi markaziy avtobus bekatlariga kamida 100 ta elektron tablo o‘rnatilishidir. Bundan tashqari, keyingi besh yilda 1000 dan ortiq avtobus xarid qilinadi. Shu bilan birga, joriy yilda 200 dan ortiq avtobus haydovchisi tayyorlanadi. Buning uchun 21 yoshga to‘lgan, kamida uch yil haydovchilik mehnat stajiga ega yoshlarni o‘z hisobimizdan «D» kategoriyaga o‘qitib, korxonamizga ishga qabul qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?